» » Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 977 nafarga yetdi

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 977 nafarga yetdi


Janubiy Koreyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha yana 84 ta holat qayd etildi, bir kishi vafot etdi. Butun mamlakat bo‘ylab esa kasallikka chalinganlar soni 977 kishini tashkil etmoqda, jami 10 kishi vafot etgan. Bu haqda Janubiy Koreya kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq kasallanganlar soni 893 kishiga yetgani, Janubiy Koreya epidemiologik xavf darajasini uchinchi “to‘q sariq”dan to‘rtinchi “qizil” darajaga ko‘targan edi.

Qayd etilishicha, 10 nafar bemor vafot etgan, 22 bemor tuzalgan, yana 13 880 kishining tahlillari hali ham ko‘rib chiqilmoqda. Olti nafar bemor og‘ir ahvolda. Vafot etgan 8 nafar bemorning 6 nafarida kasallanish holatlari Tenam okrugida joylashgan Chxondo shahridagi shifoxona bilan bog‘liq.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 44 tasi Tegu shahrida, 23 tasi Kensan-Pukto provinsiyasida, qolganlari mamlakatning turli hududlarida aniqlangan..

Tegu shahri va unga qo‘shni Kensan-Pukto provinsiyasiga kasallanganlarning 791 nafari, ya’ni mamlakat bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 80 foizi to‘g‘ri keladi. Shu sababli Janubiy Koreya avikompaniyalari u yerga aviqatnovlarni cheklagan. Aynan Tegu shahrida virus bilan kasallangan 61 yoshli ayol Sinchxonji diniy tashkilotiga kelib, o‘zi bilmagan holda minglab odamlarga uni yuqtirgan edi.

Mamlakat prezidenti Mun Chje In seshanba kuni Teguga tashrif buyurdi va u yerda favqulodda moliyaviy yordam berishni va’da qildi. U vaziyatni “o‘ta jiddiy” deb atagan va shaharni “ofatlar maxsus zonasi” deb e’lon qilishning o‘zi yetarli emasligini aytgan.

Ayni paytda Tegu va Kensan-Pukto provinsiyasi maxsus epidemiologik nazorat hududlari deb e’lon qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют