» » AQSh aprel oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishi mumkin

AQSh aprel oxirigacha koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishi mumkin


AQShning allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti 2020-yilning aprel oyi oxiriga qadar yangi koronavirus vaksinasi bo‘yicha klinik sinovlarni boshlash niyatida. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda ushbu institut direktori Entoni Fauchi dushanba kuni nashr etilgan The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Vaksina AQShning Moderna farmatsevtika kompaniyasi va yuqoridagi institut bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Vaksinaning dastlabki partiyasi allaqachon Fauchi qo‘l ostidagi xodimlarga topshirilgan.

Sinovda dastlab virus yuqtirmagan 20 nafardan 25 nafargacha ko‘ngillilar ishtirok etadi. Shifokorlar uning samaradorligi va odamlar uchun xavfsizligini aniqlashi zarur. Natijalarni iyul yoki avgust oylarida olish mumkin.

Fauchining ta’kidlashicha, vaksina juda tez ishlab chiqilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda ham, preparat kelgusi yilda keng tarqalishi mumkin.

“Vaksinadan foydalanish — infeksiya tarqalishini butunlay bostirishning yagona yo‘li”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus 2019-yil dekabr oxirlarida Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahrida tarqala boshlagan. Koronavirus Xitoyning materikli qismidan tashqarida jami 28 mamlakatda kuzatilgan: AQSh, Rossiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Eron, Misr, Ispaniya, Tayvan, Yaponiya va boshqalar. 24-fevral holatiga ko‘ra, butun dunyoda jami 78 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan, ularning 2,6 ming nafardan ko‘prog‘i ushbu kasallikdan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют