» » “Real”ga Holand kerak. Klub uni kuzatishni boshladi

“Real”ga Holand kerak. Klub uni kuzatishni boshladi


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand Qirollik klubi qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

“Madridning “Real” klubi “Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Holandni kuzatib bormoqda. Agar yosh forvard hozirgidek sermahsullik ko‘rsatishda davom etsa, Qirollik jamoasi uning transferi haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin”, — dedi La Sexta jurnalisti Xose Luis Sanches El Chiringuito efirida.

Ma’lumot uchun, norvegiyalik hujumchi “Borussiya” tarkibidagi 8 uchrashuvda 12 ta to‘p kiritdi, mavsumdagi 30 uchrashuvdan keyin uning hisobidagi gollar soni esa 40 taga yetdi.

Futbolchining ayni damdagi transfer narxi 60 million yevro sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar vaqtida “Borussiya” futbolchini Avstriyaning “Zalsburg” klubidan 20 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют