» » Koronavirus tufayli Yevro—2020 musobaqasi bekor qilinishi mumkin

Koronavirus tufayli Yevro—2020 musobaqasi bekor qilinishi mumkin


Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi koronavirus sabab bekor qilinishi yoki boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda UEFA vitse-prezidenti Mishel Uva o‘z fikrlarini bildirdi.

“Hozirda vaziyat qanday tus olishini kuzatyapmiz. Futbol mamlakatdagi vaziyatga mos bo‘lishi kerak. Biz musobaqani to‘xtatmaslikka harakat qilamiz. Biroq vaziyat yomonlashadigan bo‘lsa, musobaqa to‘xtatiladi”, — deydi Uva.

Eslatib o‘tamiz, Yevro—2020 Yevropaning 11 mamlakatidagi 12 ta shaharda o‘tkaziladi. Unda 24 jamoa ishtirok etadi. Musobaqa 12-iyundan 12-iyulga qadar davom etadi.

Xitoyda tarqalgan koronavirus ayni damda Yevropa mamlakatlariga ham xavf solmoqda. Italiyada 229 nafar odam koronavirusga chalingan, olti kishi vafot etgan, faqat bir nafari kasallikdan tuzalgan. Avvalroq  Veneto va Lombardiya hududlaridagi barcha ommaviy tadbir hamda sport musobaqalari bekor qilingandi. Shuningdek, Fransiya va Ispaniyada ham bemorlar aniqlangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют