» » Misr parlamenti mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy etilishini ma’qulladi

Misr parlamenti mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy etilishini ma’qulladi


Misr parlamenti prezident Abdulfattoh as-Sisiyning mamlakatda uch oylik favqulodda holat tartibini joriy etish haqidagi qarorini ma’qulladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Misr konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat parlamenti ma’qullamaguniga qadar, Misr prezidentining favqulodda holat tartibi haqidagi qarori kuchga kirmaydi.

Misr Milliy mudofaa kengashining 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisidan so‘ng Abdulfattoh as-Sisiy mamlakatda favqulodda holat tartibi joriy etilishini ma’lum qildi. Shuningdek, prezident Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha oliy kengashi tuzilishini ham e’lon qildi.

Kuch tuzilmalariga cheklanmagan vakolat beruvchi favqulodda holat tartibi Misrda 1981-yildan 2012-yilga qadar amalda bo‘lgan. Joriy favqulodda holat tartibi esa 9-aprel kuni mamlakatning Tanta va Iskandariya shaharlaridagi nasroniy cherkovlarida yuz bergan ikki portlashdan so‘ng joriy etilmoqda.

Mazkur teraktlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan, hodisa oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют