» » Xalqaro valyuta jamg‘armasi koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2 ta ssenariysini ma’lum qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2 ta ssenariysini ma’lum qildi


Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva Xitoyda koronavirus tarqalishi sharoitida jahon iqtisodiyotini rivojlantirishning ikkita varianti haqida ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yanvar oyida jamg‘arma 2020-yilda global iqtisodiyot o‘tgan yilga nisbatan 3,3 foizga o‘sishini prognoz qilgan. Biroq koronavirus Xitoyda biznes faolligining pasayishiga olib keldi.

Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, taklif qilingan asosiy ssenariy bo‘yicha, agar epidemiya tarqalishi sekinlashsa va ikkinchi chorakda Xitoy iqtisodiyoti normal holatga qaytadigan bo‘lsa, global iqtisodiyotga ta’sir minimal va qisqa muddatli bo‘ladi. Bu holda yil davomida global iqtisodiy o‘sish 3,2 foizni tashkil qiladi.

Jamg‘arma rahbarining qayd etishicha, eng yomon ssenariy ham ko‘rib chiqilmoqda. Virus butun dunyo bo‘ylab tarqalishini davom ettirsa, bu iqtisodiy o‘sish uchun uzoq davom etadigan salbiy oqibatlarga olib keladi.

Jamg‘arma rahbari koronavirus va uning iqtisodiy oqibatlariga qarshi turish uchun uchun xalqaro hamkorlik zarurligini ta’kidladi. “Sog‘liqni saqlash tizimi kam rivojlangan davlatlar uchun xavf-xatarni anglab yetish vaqti keldi”, — dedi jamg‘arma direktori.

Georgiyevaning qo‘shimcha qilishicha, XVJ bunday davlatlarga kredit berishga tayyor.

Avvalroq Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurash uchun 232 million yevro ajratishini ma’lum qilgan edi. Tramp administratsiyasi koronavirusga qarshi kurash uchun davlat budjetidan 1 milliard dollar olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, AQSh  koronavirus qayd etilgan Xitoy va boshqa mamlakatlarga 100 million dollar ajratishi ma’lum qilingan edi. Xitoy Moliya vazirligi esa koronavirusga qarshi kurashish uchun qariyb 3,9 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Qozog‘iston esa mazkur virus bilan  kurashish uchun 9,2 million dollar mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Bill Geyts Xitoydagi koronavirus bilan kurashishga 5 million dollar ajratdi. Dell, PepsiCo va Microsoft Xitoyda koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishini ma’lum qildi. Xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratgan insonga 143 ming dollar va’da qilgan.

Mavzuga doir: Xitoydan tashqarida avj olayotgan koronavirus bo‘yicha 25-fevralning muhim xabarlari

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar 71 kishini (ularning aksariyati Xubey provinsiyasidan) tashkil etib, jami vafot etganlar soni 2663 kishiga yetganini ma’lum qildi. Qayd qilinishicha, Xitoyda 24-fevral, dushanba kuni, virusni yuqtirib olish bo‘yicha 508 ta holat aniqlangan, 2589 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Bugunga kelib, infeksiyadan jami 27 230 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, butun Xitoy bo‘ylab 641 ming odam tekshiruvlardan o‘tkazilgan bo‘lib, kasallikka chalinganlar 77 mingdan ortiq odamni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют