» » YChL. “Barselona” safarda “Napoli” bilan durang o‘ynadi (video)

YChL. “Barselona” safarda “Napoli” bilan durang o‘ynadi (video)


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final birinchi o‘yinida “Barselona” 25-fevral, seshanba kuni “Napoli” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi katalon klubining ustunligida o‘tdi, biroq hisobni ochishda maydon egalari birinchi bo‘ldi. 30-daqiqada Dris Mertens jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi.

57-daqiqada Antuan Grizmann hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur goldan keyin Jennaro Gattuzo shogirdlari faollikni oshirdi va “Barselona” darvozasi oldida bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Biroq shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

89-daqiqada Arturo Vidal maydondan chetlatildi va Serxio Buskets bilan birgalikda javob bahsida ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, Xerard Pike jarohat olgan holda maydonni erta tark etdi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

YChL

1/8 final, ilk o‘yin

25-fevral, seshanba

Gollar: 1:0 — 30 Mertens, 1:1 — 57 Grizmann.

“Napoli”: Ospina, Maksimovich, Mariu Ruy, di Lorenso, Manolas, Zelinski, Fabian Ruis, Insinye, Demme (Allan, 80), Kalyexon (Politano, 74), Mertens (Milik, 54).

“Barselona”: ter Shtegen, Umtiti, Semedu, Pike (Langle, 90), Firpo, de Yong, Vidal, Rakitich (Artur, 56), Buskets, Grizmann (Fati, 87), Messi.

Ogohlantirishlar: Buskets (49), Insinye (61), Messi (66), Grizmann (83), Mariu Ruy (89), Vidal (89).

Chetlatish: Vidal (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют