» » Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 4 ta viloyatda IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi boshliqlari almashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 4 ta viloyatda IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi boshliqlari almashdi


O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida bir qator kadrlar almashinuvi ro‘y berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, podpolkovnik Omirbay Turdibayev  — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Omirbay Turdibayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Maxamadjon Nishonov — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Buxoro viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Jonibek Boltayev esa viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Yana bir tayinlov Jizzaxda amalga oshgan: polkovnik Jo‘rabek Avazov — Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Avval Jo‘rabek Avazov Jizzax viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qashqadaryo viloyatida podpolkovnik Umid Yaxshiyev — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют