» » Husni Muborak harbiy shon-sharaf bilan dafn etiladi

Husni Muborak harbiy shon-sharaf bilan dafn etiladi


Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning dafn marosimi harbiy shon-sharaf bilan o‘tkaziladi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining advokati Farid ad-Dib ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Mavzuga doir: Misrni 30 yil boshqargan Husni Muborak vafot etdi

Husni Muborak 25-fevral kuni Qohirada 91 yoshida vafot etdi. Misr hukumati mamlakat sobiq prezidentining vafoti munosabati bilan 26-fevraldan e’tiboran uch kunlik motam e’lon qildi.

“Sobiq prezident Muborakni dafn etish marosimi prezident Abdul Fattoh as-Sisining buyrug‘iga asosan harbiy shon-sharaf bilan o‘tkaziladi”, — deb ma’lum qilgan advokat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi, ammo marosim yuqori martabali siyosatchilar tashrifi sababli kechiktirilishi mumkin. Xabar berilishicha, Qohira xalqaro aeroportida yuqori martabali chet ellik mehmonlarni qabul qilishga tayyorlik ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Husni Muborak 25-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 11:20 da vafot etgan. Shifokorning uni qutqarish uchun barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

Joriy yilning yanvar oyi oxirida sobiq prezident oshqozonidagi o‘simtani oldirib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Husni Muborak intensiv terapiya bo‘limida davolanayotgani ta’kidlangan edi.

Husni Muborak 1981-yildan 2011-yilga qadar — 30 yil davomida Misrga rahbarlik qilgan. 2011-yil fevralida, ommaviy norozilik namoyishlari to‘lqinidan so‘ng, namoyishchilarning talablarini qondirgan holda, prezidentlikdan iste’fo bergan edi.

Shundan so‘ng mamlakatning sobiq rahbari korrupsiya va namoyishchilarni o‘ldirishda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Muborak olti yil umrini panjara ortida o‘tkazdi, 2017-yili ozodlikka chiqarilgan edi. U Qohiraning Geliopolis tumanidagi dang‘illama uyida oilasi bilan birga yashab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Qohiradagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini bitirgan Husni Muborak uzoq vaqt uchuvchi bo‘lib xizmat qilgan, bir nechta urushda qatnashgan. 1969-yilda u aviatsiya generali bo‘lgan va Misr havo kuchlari shtab boshlig‘i etib tayinlangan hamda bu lavozimni 1972-yilgacha egallab turgan. 1972-yilda Husni Muborak Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni va shu bilan birga Misr mudofaa vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. Ushbu lavozimda Muborak Harbiy-havo kuchlarini qayta tashkil etgan hamda 1973-yil oktabr oyida Sinay yarimorolidagi Isroil qo‘shinlarining pozitsiyalariga kutilmagan hujum rejasi mualliflaridan biri bo‘lgan. Mazkur operatsiya natijasida Muborak aviatsiya bosh marshali unvoniga, 1974-yilda esa Misr qurolli kuchlarining general-leytenanti unvoniga sazovor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют