» » Bo‘stonliqda supa, so‘ri kabi dam olish joylari soliqqa tortilishi kutilmoqda

Bo‘stonliqda supa, so‘ri kabi dam olish joylari soliqqa tortilishi kutilmoqda


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2020-yil 1-maydan 2021-yil 1-maygacha yangi soliq tartibi sinovdan o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 20-fevraldagi 107-sonli qarorida belgilandi.

Unga ko‘ra, suv transporti, suv mototsikllari, qorda yuradigan texnika vositalari, kvadratsikllar, paraplan va deltaplanlar, shuningdek, supa, so‘ri va shunga o‘xshash dam olish joylari jismoniy shaxslarning daromad manbasi hisoblanadi va soliqqa tortiladi.

Tajriba davrida jismoniy shaxslar tomonidan dam olish uylari, yashash uchun mo‘ljallangan turar joylar va boshqa ayrim mol-mulklar soliq organlarining tayanch punktlari tomonidan mulk egasiga bepul taqdim etiladigan maxsus guvohnoma asosida ijaraga beriladi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkalarning ijaraga berilishi bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasining yagona elektroq platformasiga bu haqdagi ma’lumotlar kiritiladi.

Tajribadan maqsad soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z majburiyatlarini vaqtida, to‘liq va to‘g‘ri bajarilishini ta’minlashdir.

Ushbu tartib-qoidalar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan holda oilaviy mehmon uylari va ayrim mol-mulk turlarini ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Davlat soliq qo‘mitasida qayd etilishicha, bu o‘zgarishlar davr talabi bo‘lib, Toshkent viloyatida turistik xizmatlar ko‘lamini yaxshilash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va soliq solinadigan obyektlarni hisobga olish tartibini soddalashtirishga qaratilgan.

Yaqin kunlarda Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahri, “Do‘stlik”, “Sijjak” va “Novobod” mahalla hududlarida 4 ta soliq tayanch punkti tashkil etiladi. Ularda faoliyat yuritadigan xodimlar ushbu qarorda ko‘rsatilgan va soliqqa tortiladigan ko‘char va ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga oladi.

Dam olish xizmatlarini ko‘rsatish faqat ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют