» » Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


26-fevral, chorshanba kuni, Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat avvalida davlati rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, do‘st Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy o‘rni alohida qayd etildi.

Muloqot chog‘ida prezidentlar shu oy Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etgan. Keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalari batafsil ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, prezidentlar mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Mavzuga doir: Hokimlik kursisidan qamoqxonaga, qamoqdan prezidentlikkacha. Davlat to‘ntarishida omon qolgan Erdo‘g‘on 66 yoshda

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 19-fevral, chorshanba kuni, rasmiy tashrif bilan Turkiyaga borgan edi. Qardosh davlatda dastavval Otaturkning qabrini ziyorat qilgan O‘zbekiston Prezidenti so‘ngra Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokara o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют