» » Sirdaryoda Tracker mingan mast haydovchi YPX xodimiga 1 902 000 so‘m pora berayotganida ushlandi

Sirdaryoda Tracker mingan mast haydovchi YPX xodimiga 1 902 000 so‘m pora berayotganida ushlandi


Sirdaryo viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati katta inspektori U.Eralov 24-fevral, dushanba kuni, belgilangan taqsimot asosida Sirdaryo tumanida xizmat olib borayotganida, haydovchi U.A. boshqaruvidagi Tracker’ni o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan.

O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqamasi axborotiga ko‘ra, mashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish va muloqot jarayonida haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Inspektor haydovchini mastlik holatini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘rikka taklif etgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtda haydovchining mast holatda ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Inspektor ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, mashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan. Shundan so‘ng haydovchi mashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 2 million so‘m pora taklif etgan.

Xodimning bildirgisiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi U.A. YPX inspektori Eralovga 1 902 000 so‘mni pora tariqasida berayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan IIV O‘z xizmati boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют