» » Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi

Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi


26-fevral, chorshanba kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Ombudsman o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga Aliya Yunusova nomzodini ma’qulladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Aliya Yunusova (1961-yilda tug‘ilgan) ish faoliyatini Toshkent davlat tibbiyot institutida (1983—1989-yillarda) o‘qituvchilikdan boshlagan. U turli yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Mo‘minov nomli falsafa va huquq institutida aspirant (1989—1999), kichik ilmiy xodim, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada I darajali mutaxassis (1991?1993), bosh mutaxassis, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazida bo‘lim mudiri (1999?2005) lavozimlarida mehnat qilgan. Yunusova 2005—2020-yillarda — uchinchi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

Ushbu lavozimdagi shaxs “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, vakil o‘z lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilingan taqdirda, vakil o‘rinbosari uning vazifasini yangi vakil saylanguniga qadar bajarib turadi va vakil uchun belgilangan kafolatlar ana shu davrda unga nisbatan tatbiq etiladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi 78-moddasining 16-bandiga muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash ikki palataning birgalikdagi vakolatiga kiradi. Shu sababli, ushbu masala Senat tomonidan ham ko‘rib chiqilishi, nomzod ma’qullanishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют