» » Toshkent shahri va viloyatida terrorchilik guruhlariga a’zolikda gumonlangan 21 kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahri va viloyatida terrorchilik guruhlariga a’zolikda gumonlangan 21 kishi qo‘lga olindi


26-fevral, chorshanba kuni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan xalqaro terroristik tashkilot va ekstremistik oqim ta’siriga tushgan 21 kishining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Shuningdek, ular mazkur tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida Toshkent shahri va viloyati hududidagi 24 ta manzilda tintuv tadbirlari o‘tkazilgan hamda 21 kishi qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilgan hamda qonuniy tartibda rasmiylashtirilib olingan. Tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Toshkentda “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotiga aloqador bo‘lgan 21 kishi qo‘lga olingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkentda 2019-yilning oktabr oyida hamda 2020-yilning boshida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining ikkita guruhi a’zolari qo‘lga olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 20:27)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют