» » Straus House mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi

Straus House mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi


Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov va kompaniyaning boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki sud majlisi 27-fevral, payshanba kuni, soat 10:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi binosida boshlanadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar — Straus House MChJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov, kompaniya direktori A.Mahmudaliyev, direktor o‘rinbosari D.Qutpiddinov va bosh hisobchi O.Saidovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Straus House rahbari Ibrohim Isroilov qamoqqa olindi

Oliy sud matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi O.Ilhomjonov raisligida ko‘rib chiqiladi.

Xabar berilishicha, sudlanuvchi Ibrohim Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandi, 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismining “a” bandi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 3-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Sudlanuvchilar A.Mahmudaliyev, D.Qutpiddinov va O.Saidovga nisbatan ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va ularga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 300 dan ortiq jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 7,9 milliard so‘mdan ortiq (7 906 800 200 so‘m) bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 1,8 milliard so‘mdan ortiq (1 845 800 000 so‘m) miqdorini qaytarish chorasi ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, dastlabki tergovda xatlangan Lacetti, Spark va Malibu rusumli avtomashinalar baholangan hamda Yunusobod tumani Kulolqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan xonadonga taqiq qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani sababli ularning sud majlislarida ishtirok etishi yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta’minlanadi.

Avvalroq Straus House jabrlanuvchilari tergov tugaganiga qaramay, sud boshlanmayotganidan norozi bo‘lib, hukumatdan yordam so‘rab Vazirlar Mahkamasi oldida to‘plangan edi. Ungacha, Ichki ishlar vazirligi Straus House’dan jabrlanganlarni hududlardagi tergov bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirgan.

Mavzuga doir: Straus House ta’sischisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma’lum bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют