» » Qohirada Husni Muborakning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi

Qohirada Husni Muborakning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi


Misr sobiq prezidenti Husni Muborakning dafn marosimi 26-fevral, chorshanba kuni, Qohirada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Mamlakat sobiq rahbari bilan vidolashuv marosimi Misr poytaxti sharqidagi Husayn Tantaviy masjidida janoza namozi bilan boshlandi. Sobiq prezidentning jasadi qo‘yilgan tobut masjidga vertolyot bilan yetkazilgan. Uning o‘g‘illari Alaa va Gamal otasi bilan vidolashish uchun Misrning oliy darajali rahbariyati va sobiq prezidentning tarafdorlari bilan keldi. Masjid hududida Misr armiyasining turli bo‘linmalari soqchilari saf tortdi. Avvalroq Husni Muborak harbiy shon-sharaf bilan dafn etilishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Harbiy, prezident, mahkum: Husni Muborak tarixi

Husni Muborak 25-fevral, seshanba kuni, 91 yoshida vafot etdi. Misr hukumati mamlakat sobiq prezidentining vafoti munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, Husni Muborak 25-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da vafot etgan. Shifokorning uni qutqarish uchun barcha urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.

2020-yilning yanvar oyi oxirida sobiq prezident oshqozonidagi o‘simtani oldirib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgani ma’lum bo‘lgan edi. O‘shanda Husni Muborak intensiv terapiya bo‘limida davolanayotgani ta’kidlangan edi.

Husni Muborak 1981-yildan 2011-yilga qadar — 30 yil davomida Misrga rahbarlik qilgan. 2011-yil fevralida, ommaviy norozilik namoyishlari to‘lqinidan so‘ng, namoyishchilarning talablarini qondirgan holda, prezidentlikdan iste’fo bergan edi.

Shundan so‘ng mamlakatning sobiq rahbari korrupsiya va namoyishchilarni o‘ldirishda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Muborak olti yil umrini panjara ortida o‘tkazdi, 2017-yili ozodlikka chiqarilgan edi. U Qohiraning Geliopolis tumanidagi dang‘illama uyida oilasi bilan birga yashab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Qohiradagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini bitirgan Husni Muborak uzoq vaqt uchuvchi bo‘lib xizmat qilgan, bir nechta urushda qatnashgan. 1969-yilda u aviatsiya generali bo‘lgan va Misr havo kuchlari shtab boshlig‘i etib tayinlangan hamda bu lavozimni 1972-yilgacha egallab turgan. 1972-yilda Husni Muborak Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni va shu bilan birga Misr mudofaa vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. Ushbu lavozimda Muborak Harbiy-havo kuchlarini qayta tashkil etgan hamda 1973-yil oktabr oyida Sinay yarim orolidagi Isroil qo‘shinlarining pozitsiyalariga kutilmagan hujum rejasi mualliflaridan biri bo‘lgan. Mazkur operatsiya natijasida Muborak aviatsiya bosh marshali unvoniga, 1974-yilda esa Misr qurolli kuchlarining general-leytenanti unvoniga sazovor bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют