» » Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarning O‘zbekistonga importi keskin qisqardi

Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarning O‘zbekistonga importi keskin qisqardi


O‘zbekistonda 2020-yilda avtomobil import qilish hajmi keskin qisqardi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019-yil yanvar oyidagiga qaraganda 28,4 million dollarga kamroqni tashkil qiladi.

Nashrning yozishicha, bunday keskin qisqarishga 2019-yilda narxi 40 ming dollardan ortiq bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda bo‘lgani va 2020-yilning 1-yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar 2019-yilda xorijiy avtomobillarga 440 mln dollar sarfladi

Avvalroq “O‘zavtosanoat” ichki bozorda BMW va Toyota bilan raqobat qilmoqchi ekanligini bildirgan, chunki 2019-yilda mazkur kompaniyalarning premium sinfidagi avtomobillari importi anchagina o‘sgan. Aynan ana shu segmentdagi BMW avtomobillari importi o‘tgan yilda 2018-yilga nisbatan 400 marta ortgan, Toyota’da esa o‘sish 200 martani tashkil qilgan.

Shuningdek, “O‘zavtosanoat” xorijiy avtomobillarga nisbatan imtiyozlarning bekor qilinishiga aloqador emasligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют