» » Toshkentdan Dushanbega birinchi aviareys, Rossiyada 90 kunda 1629 dona mashina sotgan GM Uzbekistan, diplomlari O‘zbekistonda sinovlarsiz tan olinadigan chet elning 500 ta eng yaxshi oliygohi va kunning boshqa muhim xabarlari

Toshkentdan Dushanbega birinchi aviareys, Rossiyada 90 kunda 1629 dona mashina sotgan GM Uzbekistan, diplomlari O‘zbekistonda sinovlarsiz tan olinadigan chet elning 500 ta eng yaxshi oliygohi va kunning boshqa muhim xabarlari


11-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Toshkent—Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam reys amalga oshirildi. Va nihoyat!

2. Jizzaxda Xalqlar do‘stligi shoh ko‘chasi Islom Karimov deb qayta nomlandi. Bu haqda Geodeziya va kartografiya milliy markazi qoshidagi ekspert komissiyasi bergan xulosada ma’lum qilingan.

3. O‘zbekistonda 500 ta eng yaxshi chet el OTMlarining diplomlari maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadi. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

4. Nazarboyev: Qozog‘istonda IShID guruhiga qo‘shilganlar fuqarolikdan mahrum etiladi. “Biz IShID guruhidan qaytganlar bilan profilaktika ishlarini olib borishga harakat qildik, biroq bu natija bermadi”.

5. GM Uzbekistan Rossiyada 1,6 mingdan ortiq mashina sotdi. Yanvar, fevral, mart — uch oyda 1629 dona mashina.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют