» » “Rospotrebnadzor” rahbari koronavirus iflos qo‘llar va suv orqali yuqishi mumkinligini ma’lum qildi

“Rospotrebnadzor” rahbari koronavirus iflos qo‘llar va suv orqali yuqishi mumkinligini ma’lum qildi


Koronavirus infeksiyasi nafaqat havo tomchilari orqali, balki iflos qo‘llar va suv orqali ham yuqishi mumkin, shuning uchun gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Anna Popovaning qayd etishicha, koronavirus iflos qo‘llar va iflos suv orqali ham tarqalishi mumkin, shuning uchun bugungi kunda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘llarni, yuzlarni, qo‘l yuvish vositalarini tez-tez yuvish, faqat toza idishlardan foydalanish, uy va uy jihozlarini toza tutish kerak.

“Bugungi kunda barchaga qo‘yiladigan talablar oddiy — hammaga ma’lum qoidalar bilan o‘z sog‘lig‘ini himoya qilish”, — deb ta’kidladi Popova.

Tashkilot rahbarining ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat shoshilinch zarurat tug‘ilgandagina, noqulay epidemiologik vaziyatga ega davlatlarga safarlarni rejalashtirish kerak.

Rossiya 1-martdan Janubiy Koreyaga aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Diamond Princess laynerida uch nafar rossiyalikning koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada birinchi marta koronavirusga chalinish holati tasdiqlandi. Ispaniyaning Tenerife orolidagi H10 Costa Adeje Palace mehmonxonasida karantin e’lon qilindi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi mamlakatning materik qismida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 78 ming kishidan oshib ketgani, ulardan kamida 29 ming nafari davolanib, kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qildi. Kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq 78 064 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan, 29 745 kishiga kasalxonalardan uyiga javob berilgan, vafot etganlarning umumiy soni esa 2715 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 26-fevralning asosiy xabarlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют