» » Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqladi

Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqladi


Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat hududida yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator choralar ko‘rdi. Bu haqda podshohlik Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Xususan, Saudiya hukumati mamlakatga Umra amalini bajarish uchun keladigan ziyoratchilarning mamlakatga kirishini kirishini vaqtinchalik taqiqladi.

#Statement | Proactive Preventive Measures to Prevent the Arrival of the New Coronavirus (#COVID19) to the Kingdom pic.twitter.com/fuBAWq19Du

— Foreign Ministry ???????? (@KSAmofaEN) February 26, 2020

Bundan tashqari, Saudiyaning “vakolatli sog‘liqni saqlash organlari tasnifiga muvofiq koronavirus tarqalishi aniqlangan” mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning podshohlikka kirishiga vaqtincha taqiq qo‘yilgan.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash doirasida boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘rayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Yangi turdagi koronavirus infeksiyasi 2019-yil dekabr oyi oxiridan Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlangan edi. JSST uni ko‘plab o‘choqlarga ega epidemiya deb baholab, xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deya tan olgan. Hozirda Xitoydan tashqari yana 42 mamlakatda koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar aniqlangan.

Xitoyning o‘zida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 80 mingga yaqinlashgan, qurbonlar soni salkam 3 ming kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют