» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,8 mingga yaqinlashdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,8 mingga yaqinlashdi


Xitoyda yangi turdagi COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2744 kishiga yetdi. Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, butun mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 78 mingdan oshib ketgan, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida kasallikka chalinganlar 65,5 ming kishini tashkil etmoqda (Uxan shahrining o‘zida  — 47,8 ming kishi). O‘tgan bir sutka davomida Xubeyda virusni yuqtirib olish bo‘yicha 409 ta yangi holat qayd etilgan, 2288 kishi davolanib, uyiga javob berilgan, yana 26 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Xitoydan tashqarida koronavirusni yuqtirib olish bo‘yicha 133 ta holat qayd etilgan: Gonkong (2 kishi vafot etgan), Makao va Tayvan — tegishli ravishda 91, 10 va 32 nafar odam. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida aniqlangan holatlar hisobga olinganida 82 027 kishida koronavirus aniqlangan, 2800 bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: 

Xitoyda karantin yoki xavfsizlik nuqtayi nazaridan mamlakat chegaralari yopilib, aviaparvozlar bekor qilinmoqda. Koronavirus sababli millionlab kompaniyalar faoliyatini to‘xtatib, jahon yalpi ichki mahsulotining yo‘qotishlari 1,1 trillion dollarga yetishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют