» » Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi

Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi


“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2020-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2020-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilangan edi. Bundan tashqari, oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют