» » Samarqandda 24 yoshli qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Samarqandda 24 yoshli qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi


Samarqandda 1000 dollar evaziga 24 yoshli qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi 47 yoshli ayol A.Y. Qo‘shrabot tumani “Mingtepa” mahallasida yashovchi 24 yoshli A.J.ni Tailandga fohishalikka yuborish uchun A.A. ismli ayoldan 1 000 dollar olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namangan aeroportida 4 qizni Rossiyaga fohishalik qilishga jo‘natayotgan ayollar qo‘lga olingani, Toshkent viloyatida ayollarni fohishalik qilish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol ushlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют