» » O‘zbekiston korxonalarida noqulay mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi

O‘zbekiston korxonalarida noqulay mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi


O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan “Jamoa shartnomalari va kelishuvlari mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ular turmushi darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Anjumanda ijtimoiy kafolatlar, sog‘liqni muhofaza qilish, xodimlar va ularning oila a’zolarini, jumladan, bolalarni sog‘lomlashtirish masalalari jamoa kelishuvlari va shartnomalarining muhim bo‘limi hisoblanishi qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, 2016-yilda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan 4865 yosh oilaga maishiy texnika xarid qilish hamda uy-joy qurish uchun foizsiz ssudalar ajratildi. Ijtimoiy himoyatalab oilalar vakillariga moddiy yordam ko‘rsatish uchun kasaba uyushmalari va ish beruvchilar hisobidan qariyb 46 milliard 150 million so‘m yo‘naltirildi.

Matbuot anjumanida joriy yilda tuzilayotgan jamoa shartnomalari va kelishuvlarida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili“ Davlat dasturini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi, eng kam mehnat haqi standartlariga rioya etilishi yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish, noqulay mehnat sharoiti uchun qo‘shimcha haq to‘lash, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, turizm va sog‘lomlashtirishni tashkil etish, xodimlar gimnastikasini joriy etish kabi masalalar ham kun tartibidan joy oldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют