» » O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi: Umra vizasi berilishi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi: Umra vizasi berilishi vaqtincha to‘xtatildi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra vizasining berilishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi. Qo‘mita matbuot xizmat xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra vazirligi 2020-yil 27-fevral kunidan e’tiboran dunyoning barcha mamlakatlari uchun Umra vizasi taqdim etishni vaqtincha to‘xtatgan.

Avval xabar berilganidek, ushbu chora koronavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bildirishicha, Saudiya hukumatining ushbu masala bo‘yicha rasmiy qarori va bayonoti bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, mamlakat rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning Saudiya Arabistoniga kirishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют