» » Gvardiola Chempionlar Ligasida bir nechta rekord qayd etdi

Gvardiola Chempionlar Ligasida bir nechta rekord qayd etdi


“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining ilk bahsida “Real”ni mag‘lub etdi (2:1).

Bu ingliz klubi ustozi Xosep Gvardiola uchun Chempionlar Ligasi pley-off o‘yinlaridagi 28-g‘alaba bo‘ldi va ispaniyalik mutaxassis bu borada rekordchiga aylandi. Pep 27 tadan g‘alaba qayd etgan Joze Mourinyo, Karlo Anchelotti va Aleks Fergyusonni ortda qoldirdi.

Gvardiola “Real” ustidan 10-marta g‘alabaga erishdi. Mutaxassis bu borada Ernesto Valverde va Diyego Simeonedan (9 tadan g‘alaba) o‘zib, XXI asrdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Shuningdek, Gvardiola “Real”ni YChLdagi safar o‘yinida ikki bor mag‘lub etgan tarixdagi ikkinchi mutaxassisga aylandi. U “Bavariya” sobiq ustozi Ottmar Xitsfeldning natijasini takrorladi. Biroq 49 yoshli mutaxassis bu ishni ikki xil jamoa bilan amalga oshirgan ilk murabbiy bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют