» » Qamchiq dovonida yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan MAN yuk mashinasi qutqarildi

Qamchiq dovonida yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan MAN yuk mashinasi qutqarildi


Qamchiq dovonida yo‘l chetidagi xandaq (kyuvet)ga tushib ketgan MAN yuk mashinasiga yordam ko‘rsatildi. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 234 kilometrida yuz bergan.

Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan MAN yuk mashinasi dovon hududida harakatlanish qoidalariga amal qilmagani oqibatida yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Holat yuzasidan Qamchiq dovonidagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlaridan jami 24 nafar xodim hamda 5 ta maxsus texnika jalb etilgan

Voqea joyiga yetib borgan avariya-qutqaruv maxsus texnikasi yordamida qutqaruvchilar tomonidan yuk mashinasi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Avvalroq Qamchiq dovonida ag‘darilgan yuk mashinasi haydovchisining hayoti saqlab qolingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют