» » Superliga. “Paxtakor” ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda “Navbahor”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)

Superliga. “Paxtakor” ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda “Navbahor”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turida “Paxtakor” 27-fevral, payshanba kuni “Navbahor”ni qabul qilib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida namanganliklar klubi hisobda oldinga o‘tib oldi: qarshi hujumdan keyin jarima maydoniga yorib kirgan Ivan Solovyov himoyachini aldab o‘tgan holda darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlar vakili Islom Isoqjonov ikkinchi marta sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan “sherlar” 51-daqiqada Igor Sergeyevning golidan so‘ng hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

78-daqiqada endi “Paxtakor” o‘n o‘yinchi bo‘lib qoldi: Yegor Krimetsga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi. 89-daqiqada Sergeyev o‘yinda dubl qayd etgan holda mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Shota Arveladze shogirdlari yangi mavsumni qiyin g‘alaba bilan boshladi.

Superliga

1-tur bahsi

27-fevral, payshanba

Gollar: 0:1 — 26 Solovyov, 1:1 — 51 Sergeyev, 2:1 — 89 Sergeyev.

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Sardor Sobirxo‘jayev (Eren Derdiyok, 68), Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov (Asad Sobirjonov, 83), Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev (Sherzod A’zamov, 90+1).

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Ivan Solovyov, Azizbek Turg‘unboyev, Islom Isoqjonov, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Islom Rashidxonov, Xurshid Muxtorov, Abbos G‘ulomov.

Ogohlantirishlar: Alijonov (12), Isoqjonov (21), Solovyov (29), Krimets (33), Sobirxo‘jayev (40), Derdiyok (72), Muxtorov (82), Sayfiyev (90+4)

Chetlatishlar: Isoqjonov (45+3), Krimets (78)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют