» » Xorazm va Andijonda xususiy bandlik agentligi xodimlarining firibgarliklari fosh etildi

Xorazm va Andijonda xususiy bandlik agentligi xodimlarining firibgarliklari fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, International Job Organization xususiy bandlik agentligining Xorazm viloyati filiali direktori G‘.X. bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Germaniya va Polshaga ishga yuborish vaji bilan jami 193,2 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.T. fuqaro X.A.ni Polshaga ishga yuborish evaziga 600 dollarni International Job Organization xususiy bandlik agentligining Andijon viloyati filiali binosida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, International Job Organization xususiy bandlik agentligining Andijon viloyati filiali menejeri E.T. va boshqalar fuqarolarni 45 kun muddat ichida chet elga ishga jo‘natishga ishontirib, 2019-yilda besh nafar fuqaroning 33,1 million so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi fuqarolarni 2,6 mlrd so‘mga chuv tushirgani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют