» » Chinozda bankning salkam 1,5 mlrd so‘mlik kreditini naqdlashtirib, Malibu sotib olgan tadbirkorga qarshi ish ochildi

Chinozda bankning salkam 1,5 mlrd so‘mlik kreditini naqdlashtirib, Malibu sotib olgan tadbirkorga qarshi ish ochildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan kreditni naqdlashtirib, pulni boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“O.G.” kompaniyasi rahbari A.R. 2019-yilda bank muassasasidan ajratilgan 1,46 milliard so‘m kredit mablag‘larini turli yo‘llar bilan naqdlashtirishga erishgan. U kredit qarzdorligini to‘lamay, talon-toroj qilgan.

“Shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Malibu hamda 92 million so‘mlik xo‘jalik va maishiy texnika vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Qayd etishlaricha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют