» » Ismatulla Ergashev Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston muammosini hal etish masalalarini muhokama qildi

Ismatulla Ergashev Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston muammosini hal etish masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev 27-fevral, payshanba kuni, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Jiang Yan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘oniston muammosini hal etishdagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston—Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda siyosiy muzokaralar jarayonini boshlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholar ekan, Xitoyning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Elchi Afg‘onistonni mintaqaviy loyihalarga yanada ko‘proq jalb etish muhimligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomoni fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, bu esa mamlakatdagi vaziyatni hal etish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam beradi.

Suhbat davomida elchi Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha Ta’lim markazida afg‘on agrar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Afg‘onistonning tibbiyot sohasi uchun hamshiralar tayyorlash” mavzusidagi kurslar ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Ismatulla Ergashev 26-fevral, chorshanba kuni, Afg‘oniston transport vaziri vazifasini bajaruvchi Yamo Shams bilan uchrashgan va O‘zbekistonning Afg‘oniston orqali o‘tadigan tranzit yuklari hajmini oshirish masalalarini muhokama qilgan edi.

Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatishda boshqa davlatlar uchun namuna bo‘layotganini bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют