» » Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yigilish bolib otdi

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kengaytirilgan videoselektor yigilish bolib otdi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yigilish bolib otdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Unda Ozbekiston Oliy Majlisi palatalari rahbarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar rahbarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, mamlakat shahar va tumanlari hokimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Selektor yigilishida dastlab hayotiy muhim masalalar boyicha fuqarolarning murojaatlarini korib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi.

Yigilishda Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, Ozbekistonning barcha shahar va tumanlarida Ozbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda Prezidentning Virtual qabulxonasi tashkil etilib, oz faoliyatini boshlagani xalq manfaatlarini taminlash, mamlakatni yangilash va demokratlashtirish yolidagi ulkan amaliy qadam bolgani alohida takidlandi.

Joriy yil boshidan buyon Virtual qabulxonaga 315 mingta murojaat kelib tushgan. Joylardagi Xalq qabulxonalarida 47 mingdan ortiq fuqaro qabul qilingan va ularni qiynayotgan muammolarni hal etish boyicha amaliy yordam korsatilgan.

Shu bilan birga, joylarda bazi rahbarlarning aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va haqli talablariga befarq munosabatda bolayotgani kozga tashlanmoqda. Shikoyatlarning 70 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga kiradigan masalalar boyicha bolsa-da, afsuski, kotarilayotgan muammolar joyida hal etilmasdan qolmoqda. Shuning uchun aholi va yuridik shaxslar markaziy idoralarga murojaat qilishga majbur bolmoqda.

Yigilishda mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish boyicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, bosh vazir Abdulla Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovga koplab murojaatlar, ayniqsa, takroriy murojaatlarga sabab bolayotgan tizimli muammolarni bir oy muddatda organib chiqib, ularni hal etish yuzasidan kompleks takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

Selektor yigilishida kun tartibidagi navbatdagi masala mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Mustaqillik yillarida oziq-ovqat xavfsizligi va mustaqilligini taminlash sohasida ulkan ishlar amalga oshirilgani, yildan-yilga xalq farovonligi ortib, turmush darajasi va sifati yuksalib borayotgani qayd etildi. Ozbekiston tarixan qisqa muddatda asosiy qishloq xojaligi mahsulotlari bilan nafaqat oz aholisini toliq taminlashga erishgani, balki eksportga mahsulot yetkazib berayotgani otgan yillar davomida sohada amalga oshirilgan keng kolamli islohotlarning natijasidir.

Ayni vaqtda Ozbekistonning ayrim hududlarida bu borada jiddiy oqsoqlik kozga tashlanmoqda. Bazi mintaqalarda yaratilayotgan qulay sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim qishloq xojaligi mahsulotlari bilan oz aholisini toliq taminlashga erishilmagan. Masalan, Qashqadaryo viloyatida mahalliy aholini hududda yetishtirilgan meva bilan taminlash darajasi 71 foizni, Sirdaryo viloyatida 85 foizni tashkil etmoqda. Bu albatta hech kimni qanoatlantirmaydi.

Yigilishda bu boradagi mavjud muammolarni hal etish yollaridan biri bu aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishi bilan uzviy bogliq ekani takidlandi. Afsuski, bu boradagi ahvol hamma joyda ham talab darajasida, deb bolmaydi. Masalan, joriy yil davomida otkazilgan organishlar shuni korsatdiki, Navoiy viloyatida 27 foiz, Samarqand viloyatida 45 foiz, Buxoro viloyatida 47 foiz, Jizzax viloyatida 50 foiz tomorqa yerlarida, afsuski, oziq-ovqat ekinlari va mevali daraxtlar ekilmagan.

Ana shu masalalarni hal qilish yuzasidan Qishloq va suv xojaligi vazirligi va hokimliklar rahbarlariga oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va eksport hajmini kopaytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi. Jumladan, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 66 tumandagi 455 ming gektar unumdor yerdan, 20172020-yillarda paxta va galladan boshaydigan 215 ming gektar maydondan unumli foydalanish zarurligiga urgu berildi. Shuningdek, Ozbekistondagi 4 million 600 ming xonadonga tegishli 515 ming gektar tomorqa yerlariga joriy yilning 1-mayiga qadar oziq-ovqat ekinlarini toliq ekishni taminlash lozimligiga alohida etibor qaratildi.

Selektor yigilishida yana bir muhim masala hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy rahbarlarning orni va masuliyatini oshirish masalasi korib chiqildi. Avvalo, mahalliy rahbarlarning joylarda sanoat, qishloq xojaligi, xizmat korsatish sohasi va eksportni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish orinlarini yaratish, aholi jon boshiga daromadlar osishini taminlashga qaratilgan ishlarni tashkil qilish va ularning qatiy nazoratini amalga oshirish borasidagi muhim vazifalari belgilandi. Mahallalardagi ijtimoiy-manaviy muhitni soglomlashtirish, yoshlarni xalqqa begona bolgan turli oqimlar tasiridan himoya qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida etibor qaratildi.

Joylardagi moliya-soliq organlarining asosiy vazifasi sifatida mahalliy byudjetning daromadlar bazasini mustahkamlash boyicha qoshimcha zaxiralarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Biz barchamiz mamlakatimiz va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan izchil va mutanosib rivojlantirish, xalqimiz bilan doimiy va ochiq muloqot olib borish orqali yurtdoshlarimizni tashvishga solayotgan hayotiy muammolarni oz vaqtida va samarali hal etish, aholi uchun har tomonlama munosib turmush sharoitlarini yaratish boyicha keng kolamli vazifalarni oz zimmamizga olganimizni doimo yodimizda tutib, shu asosda faol ish olib borishimiz kerak, deb takidladi Ozbekiston Prezidenti.

Bu vazifalarni bajarish Ozbekiston Prezidenti, bosh vazir va uning orinbosarlari, hukumatning har bir azosidan boshlab, eng quyi bogindagi idora va tashkilotlar rahbarlari, barcha xodimlardan masuliyatni chuqur his etib, qatiy tartib-intizom bilan fidokorona mehnat qilishni, eng muhimi, amaliy natijalarga erishishni talab etishi alohida qayd etildi.

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan har bir qonun, farmon, qaror va farmoyish, barcha topshiriqlar oz vaqtida, sifatli va sozsiz bajarilishi zarur, dedi Ozbekiston Prezidenti.

Yigilishda Prezidentning Davlat maslahatchilari, bosh vazir orinbosarlari, bosh prokuror, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, respublika tumanlari va shaharlari hokimlari, mahalliy idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Yigilishda korilgan masalalar yuzasidan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (11-04-2017, 22:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 18) ( 3)
:
-
:
20 ... -