» » Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Inter” keyingi bosqichda. “Arsenal” va “Ayaks” musobaqani tark etdi

Yevropa Ligasi. “Manchester Yunayted” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Inter” keyingi bosqichda. “Arsenal” va “Ayaks” musobaqani tark etdi


Yevropa Ligasi musobaqasining 1/16 final javob bahslari 27-fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Yunayted” jamoasi o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qilib, raqibini yirik hisobda yengdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi, bundan ingliz klubi unumli foydalandi. 27-daqiqada Brunu Fernandesh penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, 34-daqiqada Odion Igalo yangi jamoasi safidagi debyut golini urdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Skot Maktominay hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin yakunlanishi arafasida Fred ikkita to‘p urgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Arsenal” esa Londonda “Olimpiakos” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 53-daqiqasida Pap Sisse yunonlarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 113-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang akrobatik usulda zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylandi. 119-daqiqada Yussuf al-Arabi mehmonlarni keyingi bosqichga olib chiqqan golga muallif bo‘ldi.

Shuningdek, “Inter” bo‘sh stadionda o‘tgan bahsda “Ludogorets”ni yengdi. “Ayaks” o‘z maydonida “Xetafe”ni mag‘luiyatga uchrata oldi (1:2), biroq ispan klubi dastlabki o‘yindagi g‘alaba evaziga (2:0) keyingi bosqichga yo‘l oldi. “Sevilya” o‘z uyida ChFR bilan yana durang o‘ynadi va mehmondagi gol evaziga nimchorak finalga chiqdi.

Yevropa Ligasi

1/16 final, javob bahslari

27-fevral, payshanba

“Arsenal” — “Olimpiakos” 1:2 (ilk o‘yin — 1:0)

Gollar: 0:1 – 53 Sisse, 1:1 – 113 Obameyang, 1:2 – 119 al-Arabi.

“Manchester Yunayted” Angliya — “Bryugge” Belgiya 5:0 (1:1)

Gollar: 1:0 – 27, penalti Brunu Fernandesh, 2:0 – 34 Igalo, 3:0 – 41 Maktominay, 4:0 – 82 Fred, 5:0 – 90+2 Fred.

“Inter” Italiya — “Ludogorets” Bolgariya 2:1 (2:0)

Gollar: 0:1 – 26 Kauli, 1:1 – 31 Biragi, 2:1 – 45 Lukaku.

“Braga” Portugaliya — “Reynjers” Shotlandiya 0:1 (2:3)

Gol: 0:1 – 61 Kent.

“Espanyol” Ispaniya — “Vulverhempton” Angliya 3:2 (0:4)

Gollar: 1:0 – 16 Kaleri, 1:1 – 22 Traore, 2:1 – 57, penalti Kaleri, 2:2 – 79 Doerti, 3:2 – 90 Kaleri.

“Istanbul” Turkiya — “Sporting” Portugaliya 4:1 (1:3)

Gollar: 1:0 – 31 Shkrtel, 2:0 – 45 Aleksich, 2:1 – 68 Vetto, 3:1 – 90 Vishcha, 4:1 – 119, penalti Vishcha.

“Portu” Portugaliya — “Bayer” Germaniya 1:3 (1:2)

Gollar: 0:1 – 10 Alario, 0:2 – 50 Demirbay, 0:3 – 57 Xaverts, 1:3 – 65 Marega.

“Gent” Belgiya — “Roma” Italiya 1:1 (0:1)

Gollar: 1:0 – 25 Devid, 1:1 – 29 Klyuyvert.

“Bazel” Shveysariya — APOEL Kipr 1:0 (3:0)

Gol: 1:0 – 38, penalti Fray.

LASK Avstriya — AZ Alkmar Niderlandiya 2:0 (1:1)

Gollar: 1:0 – 44, penalti Raguj, 2:0 – 50 Raguj.

“Malmyo” Shvetsiya — “Volfsburg” Germaniya 0:3 (1:2)

Gollar: 0:1 – 41 Brekalo, 0:2 – 65 Gerxardt, 0:3 – 69 Joao Viktor.

“Ayaks” Niderlandiya — “Xetafe” Ispaniya 2:1 (0:2)

Gollar: 0:1 – 5 Mata, 1:1 – 10 Danilo, 2:1 – 63 Eyting.

“Seltik” Shotlandiya — “Kopengagen” Daniya 1:3 (1:1)

Gollar: 0:1 – 51 Santos, 1:1 – 83, penalti Eduar, 1:2 – 85 Pep Mas, 1:3 – 88 N’Doye.

“Benfika” Portugaliya — “Shaxtyor” Ukraina 3:3 (1:2)

Gollar: 1:0 – 9 Pitssi, 1:1 – 12, avtogol Ruben Diash, 2:1 – 36 Ruben Diash, 3:1 – 47 Rafa Silva, 3:2 – 49 Stepanenko, 3:3 – 71 Alan Patrik.

“Sevilya” Ispaniya — ChFR Ruminiya 0:0 (1:1)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 03:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют