» » Bank of America yil so‘ngida oxirgi iqtisodiy inqirozdan ham og‘ir damlar kelishini taxmin qildi

Bank of America yil so‘ngida oxirgi iqtisodiy inqirozdan ham og‘ir damlar kelishini taxmin qildi


2020-yil jahon iqtisodiyoti uchun 2009-yilda yakuniga yetgan va hozircha oxirgi global iqtisodiy inqiroz davridagidan ham og‘ir yo‘qotishlarga uchraydi, deb yozgan Bank of America ekspertlarining ma’lumotiga tayanib Business Insider nashri.

Iqtisodiy o‘sish sur’atlari yil oxirida 2,8 foizgacha pastlaydi, 2009-yildan beri ushbu ko‘rsatkich muntazam ravishda o‘sib kelayotgandi va doim 3 foizdan yuqori bo‘layotgandi. Bunday pastlashning asosiy sabablaridan biri sifatida koronavirus epidemiyasi oqibatida Xitoy iqtisodiyotidagi sekinlashuv kuzatilgani deb baholanmoqda.

“O‘sish sur’atlari koronavirus tarqalganidan keyin boshlangan shok holati oldidan ancha zaif edi. Ammo Xitoy hukumatining tajovuzkor karantin choralari 2020-yil birinchi choragi mamlakat uchun ancha kuchsiz o‘tishiga ishora qilmoqda”, — deya Bank of America iqtisodchisi Aditya Bxave so‘zlarini keltirgan Business Insider.

Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi bo‘yicha prognozlar ham kamaygan: avval kutilgan 5,6 foiz o‘rni, endi 5,2 foiz bo‘lishi mumkin.

“Xitoyda davom etayotgan iqtisodiy beqarorlik yetkazib berishning global zanjirlariga zarar keltiradi. Turistlar oqimining kamayishi ham Osiyo uchun yana bir qarama-qarshi esgan shamol bo‘ladi. Bundan tashqari boshqa mamlakatlar, masalan Italiyada koronavirusning tarqalishi ham hamma joyda karantinni kuchayishi va bozorda ishonchning kamayishiga olib keladi”, — degan Bxave.

Global iqtisodiyotga infeksiya tarqalishi bilan birga Amerika-Xitoy savdo urushi ham, AQShda o‘tadigan prezidentlik saylovlar ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Mavzuga doir:

22-fevralda Xalqaro valyuta fondi direktori Kristalina Georgiyeva ham dunyo iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayishini bashorat qilgandi. Xalqaro valyuta fondi yanvar oyida jahon iqtisodiyoti 3,3 foizga o‘sishini taxmin qilgan. Yangi baza ssenariysiga ko‘ra kasallikning tarqalishi yaqin vaqt ichida to‘xtasa, Xitoy iqtisodiyoti joriy yilning ikkinchi choragida yana o‘z holiga qaytadi va iqtisodiy o‘sish 3,2 foizni tashkil qiladi.

“Lekin biz eng yomon yakun bilan tugaydigan ssenariylarni ham ko‘rib chiqyapmiz, birus butun dunyoda tarqalsa iqtisodiy yo‘qotishlar juda katta bo‘ladi”, — degan Georgiyeva.

Oxford Economics tahlilchilar markazining baho berishicha, yangi turdagi koronavirus tarqalishi oqibatida dunyo YaIM hajmi 2020-yilda 1,1 trillion dollarni tashkil etishi mumkin.

27-fevralda besh kun davomida London birjasida narxi pastlagan Brent nefti barreli uchun 51 dollargacha arzonlashdi. Neft narxi bir kunda 5 foizga pastladi. Brent oxirgi marta 2018-yilning dekabr oyida bunday kotirovkalarda qolib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют