» » O‘zbekistonga o‘qotar qurollar uchun gilzalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi

O‘zbekistonga o‘qotar qurollar uchun gilzalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi


O‘zbekiston bojxona xodimlari tomonidan o‘qotar qurollar va ularni harakatga keltiruvchi turli mexanizmlarning mamlakat hududiga olib kirilishiga qarshi olib borilgan tadbirda yashirinchi ravishda olib kirilayotgan gilzalar fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro M.D.ga tegishli Lada Largus rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada ushbu shaxs avtotransport vositasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan 12 millimetr kalibrli o‘qotar qurollar uchun mo‘ljallangan jami 337 dona gilza hamda 15 kilogramm drobni noqonuniy ravishda O‘zbekiston hududiga olib kirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют