» » JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirdi

JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus hech bir davlat koronavirusdan xoli ekanligiga o‘zini ishontirmasligi kerakligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

“Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati umuman bo‘lmasligini taxmin qilish tom ma’noda halokatli xato hisoblanadi”, — deydi Gebreyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rayotgan boy davlatlar ham infeksiyaning tarqalishini oldini olish uchun kutilmagan holatlarga tayyor turishi kerak.

JSST rahbari koronavirusning Yevropada tarqalishiga yirik manba bo‘lib xizmat qilayotgan Italiyani misol qilib keltirdi.

Avvalroq Davlat turizm qo‘mitasi O‘zbekistonni koronavirusdan xoli mamlakat sifatida targ‘ib qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lum qilishicha, butun mamlakat bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 78 mingdan oshib, 32 495 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 2744 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют