» » Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 46 fozi tuzaldi

Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning qariyb 46 fozi tuzaldi


Xitoyda koronavirusning yangi turini yuqtirganlarning qariyb 46 foizi tuzaldi va kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda Xitoy davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 78 824 kishiga yetdi. Ularning 36 117 nafari davolanib, kasalxonadan ruxsat berildi. Ular kasallanganlar umumiy sonining 45,8 foizini tashkil etadi. Ayni paytda yana 39 919 kishi kasalxonada qolmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri Xubey provinsiyasini hisobga olmaganda butun Xitoy bo‘ylab 12 910 ta kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 106 tasi og‘ir ahvolda bo‘lgan. O‘lim darajasi 0,8 foizni tashkil etgan.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lmish Xubey provinsiyasining o‘zida esa 65 914 ta kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 2682 nafari vafot etgan. O‘lim ko‘rsatkichi 4 foizni tashkil etgan.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusga chalingan har bir kishi o‘zi haqida ma’lum qilgani uchun 1430 dollar olishi va’da qilindi

Umumiy hisobda koronavirus 2 788 kishining umriga zomin bo‘ldi. Hozirda u Yevropa bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Ular orasida Italiya koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekmoqda, bu mamlakatda virus yuqtirganlar soni 500 kishidan oshdi. Shuningdek, mamlakatda 14 ta o‘lim holati qayd etilgan. Fransiyada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 19 ta holat qayd etilgan, ularning ikkitasi o‘lim bilan tugagan. Keksa erkak 26-fevral kuni Parijdagi Salpetriere kasalxonasida vafot etdi, undan oldin 80 yoshli Xitoy fuqarosi vafot etgan.

Koronavirus bo‘yicha dastlabki holatlar Avstriyada ham qayd etilgan. Mahalliy rasmiylar ma’lumotlariga ko‘ra, Insbrukda yashaydigan ikki nafar Italiya fuqarosi kasallangan.

JSST rahbari barcha davlatlarni koronavirusning muqarrarligi haqida o‘ylashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rayotgan boy davlatlar ham infeksiyaning tarqalishini oldini olish uchun kutilmagan holatlarga tayyor turishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют