» » “Orzularim armon bo‘lib qolishidan juda qo‘rqyapman”. Oqqonga chalingan Maqpal Kadirova yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

“Orzularim armon bo‘lib qolishidan juda qo‘rqyapman”. Oqqonga chalingan Maqpal Kadirova yaxshi insonlar yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Navoiy viloyati Konimex tumanida istiqomat qiluvchi Kamila Sarsenbayeva murojaat qilib, oqqon xastaligiga chalingan farzandi Maqpal Kadirova uchun moddiy yordam so‘ragan.

15 yashar Maqpal Kadirova noyabrdan buyon o‘tkir leykoz – oqqon xastaligi bilan kurashib kelmoqda. Otasi Altinbek akaning aytishicha, qizi Maqpalning og‘ir xastaligi shundog‘am qiyinchilik bilan kun ko‘rayotgan oila ahvolini yanada og‘irlashtirgan.

“Uch-to‘rtta qoramolim bor edi. Bir oy ichida hammasini sotib dori-darmonga ishlatdik. Kimyoterapiya muolajalarining bir martasi uchun uch million so‘m atrofida pul ketyapti,” — deydi Altinbek aka.

Maqpal Kadirova ayni paytda ovuldagi o‘rta maktabning 8-sinfida o‘qiydi. Eng katta orzusi — a’lo baholarga o‘qib, kelajakda o‘qituvchi bo‘lish. Biroq xastalik sabab orzulari armon bo‘lishidan qo‘rqyapti.

Barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan 15 yoshli Maqpal Kadirovaning sog‘ayib ketishida yordam berishlarini so‘raymiz.

Maqpal Kadirovaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumot:

Onasi Kamila Sarsenbayeva  nomiga ochilgan plastik karta orqali:

“Agrobank” — 8600 0424 34 71 40 84

Otasining pasport ma’lumotlari:

Jumayev Altinbek 

AA 422 75 88

Otasining telefon raqami:

+998 93 435  51  89



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют