» » Tanzila Norboyeva: “Xalqimiz oriyatli, kambag‘allikni boshdan kechirsa ham birovga gapirmaydi”

Tanzila Norboyeva: “Xalqimiz oriyatli, kambag‘allikni boshdan kechirsa ham birovga gapirmaydi”


Ayni paytda Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistondagi kambag‘allik holati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

“O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatdagi kambag‘allik muammosi ochiq tan olindi. Hozirda 4-5 million aholi kambag‘allikda yashamoqda. Davlat rahbari ham bu masala ularni qiynashini ta’kidladi. Kambag‘allikni kamaytirish masalasi senatorlarga yuklatilgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bu masalada senatorlar asosiy tashkilotchi bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston mustaqilligi tarixida bunday masala kun tartibiga qo‘yilmasdi. Bu masalani ochiq-oydin aytish uchun davlatimizda 3 yildan beri tayyorgarlik olib borildi. Birinchi navbatda tizimli institutsional baza yaratildi.

Kambag‘allik olib borilayotgan islohotlarning eng og‘ir yo‘nalishi, eng og‘ir masalasi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bu masala birinchi navbatda odamlarning dunyoqarashi bilan ishlashni taqozo etadi. Bizning xalqimiz oriyatli, kambag‘allikni boshdan kechirsa ham birovga gapirmaydigan xalq”, — dedi Tanzila Norboyeva.

Senat raisining aytishicha, davlat tomonidan bu borada juda katta mablag‘ ajratish rejalashtirilyapti. Mana shu pullarni o‘rnida ishlatish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yil oxirigacha esa kambag‘allikda yashayotgan aholining hayotini yengillashtirish va ularning sonini keskin qisqartirish masalasi qo‘yilgan.

“O‘zimiz saylangan okruglarimizda kambag‘al oilalar ro‘yxatini tuzib, ularning sha’nini ehtiyot qilib, tadbirkorlikka o‘qitish ishlariga ko‘maklashishimiz kerak bo‘ladi”, — deya Norboyeva so‘zlarini keltirmoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Avvalroq senatorlar yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunini ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют