» » Koronavirus sabab “Paxtakor”ning OChLdagi o‘yini qoldirildi

Koronavirus sabab “Paxtakor”ning OChLdagi o‘yini qoldirildi


Osiyo Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Al-Hilol”—“Paxtakor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda OFK matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur bahs 3-mart, seshanba kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus sabab Saudiya Arabistoni chet elliklarga viza berishni to‘xtatib qo‘ygan.

Shuningdek, avvalroq Toshkentda o‘tkazilishi ma’lum qilingan “Sepaxon” — “An-Nassr” uchrashuvi ham boshqa kunga qoldirilgan.

OFK tez orada maxsus yig‘ilish o‘tkazib, kelgusidagi rejalar haqida qaror qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, OChL “B” guruhida “Paxtakor” va “Al-Hilol” klublari 2-turdan keyin 6 ochkodan jamg‘argan holda peshqadamlikni bo‘lishib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют