» » “Ipak Yo‘li” AITB O‘zbekistonda savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlash uchun IFC bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

“Ipak Yo‘li” AITB O‘zbekistonda savdo-sotiqni qo‘llab-quvvatlash uchun IFC bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) “Ipak Yo‘li” bankiga iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va o‘sishini rag‘batlantirish borasidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida xalqaro savdoni moliyalashtirishni oshirishga yordam berish maqsadida savdo moliyalashtirishni kafolatlash mexanizmini taqdim etadi.

Mazkur bitimga muvofiq, “Ipak Yo‘li” banki IFC global savdoni moliyalashtirish dasturiga (GTFP) qo‘shilgan uchinchi O‘zbekiston bankiga aylanadi. IFC “Ipak Yo‘li” bankiga bank mijozlarining alohida eksport-import operatsiyalari bo‘yicha to‘lov xatarlarini qisman yoki to‘liq qoplash kafolatlarini taqdim etish orqali savdoni moliyalashtirish sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. IFC kafolatlari “Ipak Yo‘li” banki mijozlariga xalqaro savdo moliyalashtirish manbalariga kirish va mahalliy bozor uchun muhim bo‘lgan transchegaraviy savdoni oshirishga yordam beradi.

“IFC bilan hamkorlik eksport qiluvchi kompaniyalar va importchilar bilan aloqalarni kengaytirishga, shuningdek, savdoni moliyalashtirish hajmini oshirishga yordam beradi, shu bilan bank mijozlariga xalqaro savdoni amalga oshirish uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratadi”, — dedi “Ipak Yo‘li” bankining boshqaruv raisi Saidabror Saydaxmedov.

“Ipak Yo‘li” bankini savdoni moliyalashtirish qatori O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatimiz bank sektorini isloh qilish va kichik hamda o‘rta korxonalar uchun moliyalashtirishni kengaytirish borasidagi harakatlarimizning bir qismi hisoblanadi. Hamkorligimiz mahalliy kompaniyalar uchun savdoni moliyalashtirish imkoniyatini yaxshilashga yordam beradigan samarali biznes modellarini joriy etishga yordam beradi”, —dedi IFC’ning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy rahbari Kassandra Kolbert.

IFC Global savdo moliyalashtirish dasturi jami 5 milliard AQSh dollarni taqdim etib, rivojlanayotgan bozorlarda banklarning savdo majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish orqali xavfni kamaytirishga yordam beradi. 2005-yilda dastur yaratilganidan beri, IFC infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sektori, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab sohalarni, shu jumladan, turli tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, savdo operatsiyalarini moliyalashtirishga qaratilgan 63 000 dan ortiq kafolatlarni chiqardi. IFC’ning savdoni rivojlantirish faoliyati doirasida 90 dan ortiq mamlakatlarda 180 milliard AQSh dollardan ortiq savdo operatsiyalari qo‘llab-quvvatlandi.

GTFP doirasida IFC tomonidan taqdim etilgan shaxsiy kafolatlar muayyan bitimga bog‘liq bo‘lib, akkreditivlar, savdo bilan bog‘liq veksellar, qabul qilingan veksellar, veksellar, kafolatlar, ariza va ijro etuvchi obligatsiyalar, shuningdek, avans to‘lovlari kafolati kabi turli xil asosiy vositalar bilan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin. Kafolatlar IFC mezonlariga mos keladigan xususiy sektorning barcha savdo bitimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun berilishi mumkin.

Ta‘kidlash joizki, “Ipak Yo‘li” banki 2018-yildan boshlab IFC bilan faol hamkorlik qilib, 15 million dollar miqdorida kredit qatorlarini muvaffaqiyatli jalb qilgan. Jahon banki guruhiga kiruvchi IFC o‘z faoliyatini rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eng yirik rivojlanish institutidir. Dunyo bo‘ylab 2000 dan ortiq kompaniyalar bilan ishlaydigan IFC butun dunyo bo‘ylab rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun o‘z kapitalini, ekspertiza va tajribasidan foydalanadi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют