» » Ozarbayjonda Rossiya fuqarosida koronavirus aniqlandi

Ozarbayjonda Rossiya fuqarosida koronavirus aniqlandi


Ozarbayjonga Erondan kelgan Rossiya fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda “Interfaks”. Bu koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq Ozarbayjondagi ilk holatdir.

Rossiyalikning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. U maxsus rejimdagi yuqumli kasalliklar bo‘limiga joylashtirilgan.

Meduza’ning yozishicha, bu koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan to‘rtinchi rossiyalikdir. Avvalroq Diamond Princess kruiz laynerida karantinda bo‘lgan uch rossiyalikda koronavirus aniqlangandi. Hozir ularning uchalasi ham Qozon shahrida izolyatsiyaga olingan. Bundan tashqari, Rossiyada ikki xitoylikda ham koronavirus borligi aniqlangan edi, ular allaqachon tuzalib ulgurdi.

Eron — jahondagi eng yirik koronavirus infeksiyasi o‘choqlaridan biri. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 388 kishida (jumladan, mamlakatning oila va ayollar masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarida) koronavirus aniqlangan, 34 kishi (jumladan, Eronning Vatikandagi sobiq elchisi) vafot etgan. Bundan ko‘proq qurbon — 2788 kishi — Xitoyda ro‘yxatga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют