» » Shveysariyada koronavirus sabab Jeneva avtosaloni bekor qilindi

Shveysariyada koronavirus sabab Jeneva avtosaloni bekor qilindi


Shveysariya hukumati koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 1000 kishidan ortiq odam ishtirokidagi ommaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga vaqtinchalik taqiq joriy etdi. Shu munosabat bilan, Reuters’ning o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, Jeneva avtosaloni bekor qilinadi.

Agentlik suhbatdoshlari bergan axborotga ko‘ra, 5—15-mart kunlariga rejalashtirilgan avtosalonning tashkilotchilari ishtirokchilarni tadbir bekor qilingani haqida boxabar qilgan. Salonning rasmiy tashkilotchisi hisoblangan Palexpo kompaniyasi esa hozircha izoh bermayapti.

Shveysariyada 28-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi.

Shveysariyaning SWI nashri qayd etishicha, federal hukumat mamlakatning yangi tarixida ilk bor ommaviy tadbirlarni butun Shveysariya bo‘ylab taqiqlash haqida qaror chiqardi. Bungacha bunday qarorlar faqat kantonlar (viloyatlar) miqyosida qabul qilinar edi.

Qoldirilmaganida edi, 2020-yilgi Jeneva avtosaloni hisob bo‘yicha 90-marta o‘tkazilgan bo‘lardi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют