» » Superliga. “Lokomotiv” Toshkentda “Andijon”ni bazo‘r mag‘lub etdi, “Qo‘qon-1912” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Superliga. “Lokomotiv” Toshkentda “Andijon”ni bazo‘r mag‘lub etdi, “Qo‘qon-1912” yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 28-fevral, juma kuni ikkita o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Uchrashuvda Murod Xolmuhammedov ikki bor jarima zarbasidan unumli foydalanib dublga erishdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Quvondiq Ro‘ziyev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

“Lokomotiv” Toshkentda “Andijon” bilan bahs yuritdi. “Temiryo‘lchilar”ning rossiyalik legioneri Kirill Pogrebnyak tanaffusga qadar dubl qayd etdi. O‘yin yakunlanishi arafasida mehmonlar Jamshid Hasanovning penaltidan urgan golidan keyin hisobni qisqartirdi.

Superliga

1-tur bahslari

28-fevral, juma

Gollar: 1:0 — 17 Xolmuhammedov, 2:0 — 70 Xolmuhammedov, 3:0 — 85 Ro‘ziyev.

“Qo‘qon-1912”: Botirali Ergashev, Bobir Akbarov, Shoxnazar Norbekov (Iqbol Malikjonov, 79), Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Otabek Haydarov (Yakuba Bamba, 86), Sardor Azimov (Avazxon Mamatxo‘jayev, 65), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Xolmuhammedov.

“Buxoro”: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumayev (Jasur Hasanov, 73), Anvar Jo‘rayev (Jasurbek Hakimov, 64), Jaba Lipartiya, Zohir Pirimov (Abbos Jumaqulov, 76), Behruz Shodmonov, Abror Xusinov, Azizbek Amonov, Artyom Baranovski, Edin Yunuzovich, Milovan Kapor.

Ogohlantirishlar: Jo‘rayev (58), Lipartiya (83).

Gollar: 1:0 — 9 Pogrebnyak, 2:0 — 30 Pogrebnyak, 2:1 — 86, penalti Hasanov.

Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov, Deyan Damyanovich, Davron Umirov (Javohir Alijonov, 86), Kaxi Maxaradze, Kirill Pogrebnyak (Diyorjon Turopov, 68), Marat Bikmayev, Timurxo‘ja Abduxoliqov, Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev.

“Andijon”: Aslonbek Ahrorov, Azamat Isroilov, Xushnudbek Avilov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmuratov, Siroj Meliyev, Abdulloh Alimov, 22.Usmonali Ismonaliyev, Timur Usmonov (Artyom Litvyakov, 66), Muhammadali Yuldashev (Qahramon Bahodirov, 70), Dmitro Zozulya.

Ogohlantirishlar: Umirov (18), Xoshimov (84), Alijonov (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 18:56)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют