» » Buxoro hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Buxoro hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi


Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev O‘zbekiston bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni shu haqdagi farmonni imzoladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 27-fevral kuni O‘ktam Barnoyevni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqqan edi. Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan, Prezident farmoniga muvofiq, O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi.

O‘ktam Barnoyev (1964-yilda tug‘ilgan) 1997—2000-yillarda Buxoro viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot va islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2000—2002-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2002—2004-yillarda Vazirlar Mahkamasining agrosanoat majmuasida yetakchi mutaxassis, 2004—2005-yillarda hukumatning Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri, 2005—2007-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mahsulotlari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, 2007—2008-yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari, 2008—2010-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2011—2016-yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Respublika suv inspeksiyasi boshlig‘i, 2016-yilda “O‘zagrokimyo” kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan. U 2016-yil dekabridan beri Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgan edi.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, Prezidentning 24-fevraldagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar ro‘y bergan edi, xususan, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют