» » Abrol Vahobov Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari etib tayinlandi

Abrol Vahobov Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari etib tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Abrol Vahobov tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Abrol Vahobov mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan. Mazkur lavozim Prezidentning 2020-yil 24-fevraldagi qaroriga asosan tugatildi.

Ma’lumot uchun, Abrol Vahobov 2008—2016-yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamentining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sho‘basiga rahbarlik qilgan, 2016—2019-yillarda qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Abrol Vahobov 2019-yilning fevralida O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Prezident qarori bilan O‘ktam Barnoyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘ktam Barnoyevning mazkur lavozimga nomzodini ma’qullagan edi.

Mavzuga doir: Hukumat tarkibidagi so‘nggi o‘zgarishlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют