» » Isiriq va teplovizorlar himoyasidagi O‘zbekiston Senati: Yuqori palata mehmonlarining tana harorati tekshirilmoqda

Isiriq va teplovizorlar himoyasidagi O‘zbekiston Senati: Yuqori palata mehmonlarining tana harorati tekshirilmoqda


Oliy Majlis Senatiga tashrif buyuruvchilarning isitmasi bor-yo‘qligi (tana haroratining yuqoriligi COVID-19 koronavirus infeksiyasining belgilaridan biri hisoblanadi) teplovizorlar yordamida tekshirilmoqda.

Yuqori palataning ikkinchi yalpi majlisini yoritish uchun 28-fevral kuni Senatga borgan “Daryo” muxbirlarining tana harorati, boshqa nashrlarning muxbirlariniki kabi, masofadan turib tekshirilgan.

Jurnalistlar va boshqa tashrifchilarni teplovizor bilan tekshirib turgan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimining ma’lum qilishicha, bu — shamollash kasalliklarining oldini olishga qaratilgan choradir.

Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari yuzlariga niqob taqqan holda xizmat olib borgan. “Gazeta.uz” muxbiri kirish joyida qo‘riqchilardan biri binoni isiriq bilan tutatayotganiga guvohi bo‘lgan. Bino liftlariga nafas olish yo‘llari yuqumli kasalliklari profilaktikasi haqida ogohlantirishlar osilgan.

“Gazeta.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, Senatga tashrif buyuruvchilarni teplovizorlar bilan tekshirish amaliyoti fevralning dastlabki kunlaridayoq boshlangan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi koronavirus bo‘yicha shtabdan “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda ko‘chma teplovizorlardan foydalanilmoqda. Yaqin vaqt ichida Turkiyadan statsionar qurilmalar sotib olinishi va mamlakat aeroportlariga o‘rnatilishi kutilmoqda.

Senatga kirishda teplovizorlar bilan tekshirish jarayoniga munosabat bildirarkan, shtab vakillari buni profilaktika chorasi deb atadi. Qo‘shimcha qilishlaricha, O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha epidemiologik holat osoyishta. Avvalroq agentlik O‘zbekistonni koronavirusdan xoli qolayotgani haqida xabar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют