» » O‘zbekiston Prezidenti Virtual qabulxonasiga 2017-yil boshidan beri 315 mingta murojaat kelib tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Virtual qabulxonasiga 2017-yil boshidan beri 315 mingta murojaat kelib tushdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida shu yil 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Selektor yig‘ilishida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi.

Qayd etishlaricha, 2017-yil boshidan buyon Virtual qabulxonaga 315 mingta murojaat kelib tushgan. Joylardagi Xalq qabulxonalarida 47 mingdan ortiq fuqaro qabul qilingan va ularni qiynayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, joylarda ba’zi rahbarlarning aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va haqli talablariga befarq munosabatda bo‘layotgani ko‘zga tashlanmoqda.

Shikoyatlarning 70 foizi bevosita mahalliy hokimlik va idoralarning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha bo‘lsa-da, afsuski, ko‘tarilayotgan muammolar joyida hal etilmasdan qolmoqda. Shuning uchun aholi va yuridik shaxslar markaziy idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, bosh vazir Abdulla Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganovga ko‘plab murojaatlar, ayniqsa, takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni bir oy muddatda o‘rganib chiqib, ularni hal etish yuzasidan kompleks takliflar tayyorlash vazifasi topshirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (11-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют