» » Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab qoldirilmaydi

Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab qoldirilmaydi


Xitoyda tarqalgan koronavirus Tokio—2020 Olimpiadasining o‘tkazilishiga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Olimpiya o‘yinlari ijroqo‘mi bosh direktori Katsura Enyo ma’lum qildi.

“Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaydi. Musobaqani bekor qilishi yoki qoldirish borasida esa o‘ylayotganimiz ham yo‘q. Menda bu borada hech qanday fikr yo‘q”, — deya Enyo so‘zlarini keltirmoqda Tass.

27-fevral, payshanba kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax tashkilot Olimpiya o‘yinlari ijroqo‘mi pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Shuningdek, Enyoning ta’kidlashicha, Tokio—2020 ni ko‘chirish borasida hech qanday debatlar olib borilmayapti. Yaponiya hukumati Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 12 milliard dollar sarflagan.

Tokiodagi Olimpiada 24-iyuldan 9-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Paralimpiya o‘yinlari esa 25-avgustdan 6-sentabrgacha o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: Tokio—2020 Olimpiadasi koronavirus sabab bekor qilinishi mumkin

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 27-fevral holatiga ko‘ra, jahonning 48 mamlakatida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, umumiy hisobda 82 249 kishi virusni yuqtirib olgani haqida ma’lum qildi. Koronavirus sabab “Yuventus”—“Inter” va A Seriyaning yana to‘rtta futbol o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tadi. Shuningdek, “Paxtakor”ning OChLdagi o‘yini ham mazkur sabab tufayli qoldirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют