» » O‘zbekistonda ikki Ford avtomobilida 4 tonnadan ortiq rangli metall parchalari noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi

O‘zbekistonda ikki Ford avtomobilida 4 tonnadan ortiq rangli metall parchalari noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi


Joriy yilning dastlabki choragi mobaynida O‘zbekistonning turli viloyatlarida qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Uychi tumanining qo‘shni davlatga tutash chegaraoldi hududida harakatlanayotgan, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi shaxs boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda avtomashinaning ichki saloni va yukxonasiga O‘zbekistondan yashirin tarzda olib chiqish maqsadida salkam 0,5 tonna latun rangli metall parchalari ortilgani aniqlandi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Qarshi shahrida harakatlanayotgan Ford avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda unda ikki fuqaroga tegishli 2,3 tonna og‘irlikdagi mis va latun rangli metall chiqindilari noqonuniy ravishda olib ketilayotgani aniqlandi.

Navbatdagi Ford avtomashinasiga 1,8 tonnadan ortiq mis va latun rangli metall parchalari ortilgani fosh etildi. Surishtiruv natijasida qiymati 5 million so‘mdan ortiq mazkur tovar-moddiy boyliklar kimga tegishli ekanligi aniqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют